“Chelsi”rahbari “ochko‘z”superyulduzdan voz kechdi

  • 8 mart, 2021, 18:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” xo‘jayini Roman Abramovich “Bavariya”ning universal himoyachisi David Alabani jamoaga olmaydigan bo‘ldi.

Rossiyalik milliarder uning o‘rniga boshqa nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda. Ko‘p jamoalarga Alaba talab qilayotgan 22 million evroli yillik maosh to‘g‘ri kelmayapti. Bundan tashqari, avstriyalik futbolchi o‘zi istagandek, yarim himoyada o‘ynatishni kafolatlashni  so‘rayapti.

“Chelsi” mutasaddilari Alaba taklif qilinishi kerak bo‘lgan o‘ringa “Bavariya”ning yana bir vakili Niklas Zyule, “Leyptsig” a’zosi Ibrohim Konate, “Fiorentine” etakchisi Nikola Milenkovich va “Sevilya”da porlayotgan Jyul Kundening nomzodini o‘rganib chiqmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!