
Chempion Maxmud Murodov Toshkentga etib keldi (foto)
Aralash yakkakurash janglarida (MMA) faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik Maxmud Muradov chempionlik jangini 25 iyun kuni o‘tkazib, g‘alaba qozongan edi.
Mazkur bellashuvda u xorvatiyalik Zoran Doddan ustun keldi va XFN chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.
Bugun sportchimiz yurtimizga etib keldi. Uni keng jamoatchilik vakillari va yaqinlari kutib olishdi. Ular orasida taniqli qo‘shiqchi Sardor Rahimxonni ham uchratish mumkin.
Ma’lumot uchun: X Fight Nights MMAning yangi, professional va o‘z-o‘zini moliyalashtiradigan ligasi himoblanadi. XFN arenalarida jahon darajasidagi eng yaxshi jangchilar o‘zaro to‘qnash keladilar. XFN sportda endi porlayotgan yulduzlar ajoyib imkoniyat hamdir.
Fikrlar