Chempion shaxmatchilarimiz qachon yurtimizga qaytib kelishadi?

  • 09.08.2022 16:08
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Shaxmat
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun o‘zbek shaxmatida tarixiy kun! Vakillarimiz Hindistonning Chennay shahrida bo‘lib o‘tgan 44-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi chempioniga aylandi.

Ma’lum bo‘lishicha, vakillarimiz 10-dan 11 avgustga o‘tar kechasi tunggi soat 2:45 da Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘nadi. Ularni kutib olish bilan bog‘liq tadbirlar haqida keyinroq batafsil ma’lumot beriladi.

Eslatib o‘tamiz, qahramonlarimiz O‘zbekiston tarixida ilk bor shaxmat Olimpiadasi chempionligini qo‘lga kiritdi. Bungacha eng yaxshi natijamiz 1992 yilgi Olimpiada kumush medali edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!