Chempionatda "Paxtakor"ni mag‘lub etgan jamoalar "Bobur arena"da bellashdi

  • 10 oktabr, 2021, 21:23
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Andijondagi “Bobur arena” stadionida o‘rtoqlik uchrashuvi tashkillashtirildi. Chempionat doirasida “Paxtakor”ni mag‘lub etgan “Andijon” hamda “Qo‘qon-1912” jamoalari bu safar maydonda o‘zaro bellashdilar.

Tecno

Birinchi bo‘limning 25-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Shohnazar Norbekov hisobni ochdi. Tanaffusdan keyin Andrey Sidorov zaxiradan maydonga tushib, hisobni 0:2 ga keltirdi. 90-daqiqada esa andijonliklardan Usmonali Ismonaliev bir bor javob qaytardi - 1:2.

andijon kukon

“Andijon”: Aslbek Omonov, Plamen Dimov, Xurshid Ubaydullaev, Ibrohim Otaxonov, Mirkomil Lokaev, Muhammadkarim Toirov, Baxtiyor Qosimov, Vasiliy Sovpel, Abdulhay Ismoilov, Vladislav Vasilev, Sherzod G‘ulomjonov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Javohir Qilichev, Pavel Zabelin, Usmonali Ismonaliev, Abdurahmon Komilov, Azamat Isroilov, Islom Mamatkazin, Mardon Abdullaev.

“Qo‘qon-1912”: Muzaffar Abdullaev, Asadbek Sobirjonov, Farhodbek Bekmurodov, Xamiddillo Abduhamidov, Iqbol Malikjonov, Shohnazar Norbekov, Avazxon Mamatxo‘jaev, Oybek Rustamov, Muhammadanas Hasanov, Aleksandr Merzlyakov, Murod Holmuhammedov.

Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Xurshid Xodjaev, Slavko Lukich, Ilhom Vahobov, Sardor Azimov, Sardor Etovqo‘ziev, Suhrob Berdiev, Iqbol Malikjonov (Muhsin Normatov), Abdulloh Mirkomilov, Ayubxon Isoqov, Yakuba Bamba (Mo‘min Meliev), Andrey Sidorov.

Yaqinda ushbu jamoalar chempionat doirasida Qo‘qonda bellashishgan bo‘lib, unda 1:1 hisobi qayda etilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!