CHERY AUTO

17-18 hamda 24-25-fevral kunlari "Ko‘hna qit’a"ning eng nufuzli musobaqasi bo‘lmish Evropa Chempionlar Ligasining 1/8 final bahslariga start berildi. Umumiy hisobda 8 ta qizg‘in bahs guvohiga aylangan muxlislar ushbu juftliklarning javob bahslarini ham intizorlik bilan kutishayotgani shubhasiz. Biz esa, hozircha o‘sha o‘tgan bahslarni bir qayta yodga olishga qaror qildik. O‘ylaymizki, bu sizga ham manzur bo‘ladi. Demak, boshladik.

Tecno

1

Koronavirusning britancha shtammi oqibatida ingliz klublari ishtirokidagi bahslar neytral maydonlarda o‘tkazilishiga to‘g‘ri keldi. Suratda "Borussiya Myunxengladbax" - "Manchester Siti" bahsini o‘zida o‘tkazishga shaylanayotgan go‘zal "Pushkash arena" ko‘rsatilgan.

2O‘rganib qolganimizdek, ishni dezinfektsiya qilishdan boshlaymiz.

3

O‘yin oldi mashg‘ulotlari ham jamoalarni ancha ter to‘kishga majbur qildi. Axir bu hazilakam uchrashuvlar emasdida!

4

Boya ta’kidlaganimizdek, virus tufayli ingliz klublari ishtirokidagi bahslar neytral maydonlarda o‘tkazilishiga to‘g‘ri keldi. Suratda "Leyptsig" - "Liverpul" bahsini o‘zida qabul qilish arafasida turgan "Pushkash arena"ning mahobatli ichki ko‘rinishi.

5,1

Dortmunddan sevilyaliklarni talash va chaqish uchun tashrif buyurgan "arilar" o‘yin starti oldidan.

5,2

"Bavariya" - "Latsio" bahsi ikkala jamoada ham to‘p surgan germaniyalik afsonaning atributini ramziy ma’no sifatida o‘yin oldidan namoyish etish bilan boshlandi.

6

"Atletiko" - "Chelsi" bahsida ham o‘yinoldi mashg‘ulotlari mana bunday kadrlarga boy bo‘ldi...

7

3 oylik tanaffusdan so‘ng EChLning ilk bahsi mana bunday tarzda boshlandi... Dastlab PSJ o‘ziga o‘xshamay o‘ynadi, futbolchilar bir-birini tushunmay harakat qildi.

8

Keyin esa katta sahnaga mana bu o‘g‘lon chiqib keldi. Uni to‘xtatish uchun "Barsa" himoyachilari har qancha harakat qilmasin, bu o‘xshamadi.

9

So‘ngra Ter Shtegen darvozasi ichida mana shunday voqealar bir necha bor sodir bo‘la boshladi...

11

Yakunda esa mana bunday ajoyib kadr hosil bo‘ldi. PSJ dahshatli "Kamp Nou"da qaysidir ma’noda o‘sha mash’um "remontada"ning alamini oldi. Javob o‘yini qiziq bo‘lishi shubhasiz!

10

Finish sari odimlayotgan afsona hamda katta-katta marralarni zabt etishga qodir yosh superyulduz! Insonni o‘ylantirib qo‘yuvchi kadr...

12

"Liverpul"ning yangi himoyachisi Ozan Kabak. Yurgen Klopp, bizning taxminimizcha, unga nima qilib bo‘lsa ham raqibni to‘xtatib qolish topshirig‘ini yuklagan!

14

O‘ta berilib ketgan Mane.

13

"Air-Arnold" xizmati.

15

Mane o‘z uslubida golini nishonladi. "Leyptsig" darvozasini ishg‘ol qilish oson kechgani yo‘q!

16

Salah ham qit’adoshidan qolishmagan holda golini shunday nishonladi. Vazifa bajarildi: "Leyptsig" engildi!

17

Bu erda Xolandning yuzini EChL koptogi to‘sib qolibdi.

18

To‘p to‘sib turgan holida yaxshi edi a, nima dedingiz? 

19

Norvegiyalik vunderkind ham jamoasining g‘alabasini ta’minlagan gollarga mualliflik qildi. Bu nishonlashni esa Salah va Manega taqlid sifatida qabul qilamiz!

20

"Portu" - "Yuventus" bahsini ko‘pchilik favoriti aniq bahs sifatida baholagan edi. Biroq mana bu vaziyat bu taxminning noto‘g‘ri chiqishiga sababchi bo‘ldi. Demiralning qo‘li "Portu"ga penalti "ishlab berdi"!

21

Bu kadrdagi Raboning holatiga havas qiluvchi inson topilmasa kerak...

22

G‘alabalarga o‘rgangan Krishtianu uchun bunday mag‘lubiyat, albatta, alamli.

23

Izohsiz surat.

24

O‘yin yakuni ko‘pchilikning kayfiyati tushishiga sababchi bo‘ldi.

25

Rim tomonlarda esa amaldagi chempion "Latsio"ni sinovdan o‘tkazdi. Reyna harchand urinmasin, mana bu mashinani to‘xtata olmadi. Suratda 1-gol urilgan vaziyat.

26

"Mashinaning extiyot qismlari", deb nomlanuvchi surat. Rasmda motor, spidometr hamda rul tasvirlangan.

27

O‘yin o‘rtalarida jamoaning asosiy to‘purari kichik jarohat oldi. Tabiiyki, "Bavariya"ning gol urish ehtimoli endi pasayadi.

28

Lekin mana bu devor bor ekan, Xansi Flikning ko‘ngli xotirjam bo‘laveradi.

29,01

Shunchaki ajoyib kadr!

30

Evropada "kun fotosi" deya e’tirof etilgan surat. "Atletiko" - "Chelsi" bahsi taqdirini Jiruning mana shu supergoli hal qildi.

31

Jiruga havasi kelgan Felish ham shu uslubda zarba berib ko‘rdi. Biroq yakunda to‘p tribunadan topildi...

32

Bu erda esa Ryudiger va Suarez Felishning parvozini og‘iz ochgancha tomosha qilmoqdalar.

33

"Atalanta" - "Real" o‘yini stsenariysida jiddiy burilish yasagan vaziyat. Froyler Mendini chalib yiqitib, qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi. Shu tariqa, bergamoliklar 17-daqiqadayoq 10 kishi bo‘lib qolishdi.

34

O‘sha Mendi yakunda hammasiga nuqta qo‘yib ketdi.

35

Yuqoridagi surat boshqa rakursdan qaralganda.

36

Yakunda esa gol! Ferlan Mendi o‘yinning mutlaq qahramoni.

37

Mana bu emotsiyalarni tomosha qilishning o‘zi kishiga zavq beradi.

38

Gladbaxliklar Gvardiolaning "Siti"siga qarshi mana bunday harakat qilishdi.

39

Har qancha urinishmasin, "shaharliklar"ga bas kelib bo‘lmadi.

41

Yakunda ular g‘olib!

Abdulla Mannonov tayyorladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!