Chempionlar ligasi finalining eng yaxshi futbolchisi kim bo‘ldi? (FOTO)
"Chelsi" Chempionlar ligasi finalida "Manchester Siti" ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi va bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Final uchrashuvining eng yaxshi o‘yinchisi, deb londonliklar yarim himoyachisi Ngolo Kante topildi. Bu haqda UEFA rasmiy tvitteri xabar bermoqda.
Aytish lozimki, frantsiyalik futbolchi bugungi o‘yinda “Chelsi”ning yarim himoyasida mustahkam “devor” vazifasini bajarib berdi. U “Siti” futbolchilarini ta’qib qildi va o‘z xatti-harakatlari bilan hujumlarni bartaraf etdi.
Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” Chempionlar ligasida o‘z tarixida ikkinchi marta g‘alaba qozondi. “Aristokratlar”ning ushbu musobaqadagi dastlabki g‘olibligi 2012 yilga to‘g‘ri keladi.



Fikrlar