Chempionlar ligasi o‘yinlari Toshkentning qaysi stadionlarida o‘tkaziladi?

  • 10 may, 2021, 16:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Avval xabar berganimizdek, Toshkent Osiyo Chempionlar ligasining Sharqiy mintaqasi "H" va "I" guruh o‘yinlariga mezbonlik qiladi.

Bizga etib kelgan ma’lumotlarga ko‘ra, 25 iyundun 11 iyulga qadar bo‘lgan muddatda o‘tkazilishi belgilangan ushbu o‘yinlar poytaxtimizdagi 2 ta stadionda bo‘lib o‘tadi. Bular “Lokomotiv” hamda “Bunyodkor” stadionlaridir.

"N" guruhi: "Gamba Osaka" (Yaponiya), "Chonbuk Motors" (Janubiy Koreya), "Sidney" (Avstraliya), "Tampins Rovers" (Singapur).

 "I" guruhi: "Beytszin Goan" (Xitoy), "Kavasaki Frontale" (Yaponiya), "Yunayted Siti" (Filippin).

Shuningdek, poytaxtimiz "Tegu" va "Chiangray Yunayted" jamoalari o‘rtasidagi pley-off bahsiga ham mezbonlik qiladi. Mazkur qarama-qarshilik g‘olibi 4-ishtirochki sifatida "I" guruhida qatnashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!