Chempionlik uchun kurashayotgan jamoa MYudan o‘yinchi so‘radi

  • 24.12.2020 10:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Joriy mavsumda Bundesligada chempionlik uchun kurashishni maqsad qilgan “Bayer” tarkibini “Manchester Yunayted” himoyachisi Brendon Uilyams bilan kuchaytirmoqchi.

Leverkuzenliklar joriy mavsumda Angliya premer-ligasida atigi bitta uchrashuvda maydonga tushgan 20 yoshli futbolini ijaraga olmoqchi. Ular bu borada manchesterliklar bilan muzokarani boshlagan.

“Manchester Yunayted” asosiy tarkibga kira olmayotgan futbolchini sotib olish huquqisiz ijaraga jo‘natishga tayyor. Brendonga “Bayer”dan tashqari “Lids” va “Sautgempton” ham og‘iz solmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!