Chempionlikni topshirgan “Yuventus” yulduzlaridan voz kechadi

  • 3 may, 2021, 14:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy mavsumda chempionlik unvonini himoya qila olmagan va UEFA Chempionlar ligasida bosh sovrindan quruq qolgan “Yuventus”da jiddiy o‘zgarishlar bo‘ladi.

Tecno

Italiya matbuoti tarqatayotgan xabarlarga qaraganda, Evropa Superligasiga bosh qo‘shgan klub prezidenti Andrea Anelli o‘rnini direktorlar kengashi etakchilaridan biri Adessandro Nasi egallaydi.

Sport direktori Fabio Paratichi o‘rniga uning “Inter” va “Napoli”dagi hamkasblari Juzeppe Marotta va Kristian Juntoli, “Yuve”da o‘ynagan Alessandro Del Pero va David Trezege nomzod hisoblanadi.

Bosh murabbiy Andrea Pirloning ham kursisi qimirlab qolgan. Uning lavozimiga asosiy da’vogar sifatida Massimiliano Allegri kelishi kutilmoqda. Manbalar bu mutaxassis Turinga kelgani haqida ma’lumot bermoqda.

Tabiiyki, jamoa tarkibi ham tozalanadi. Birinchilardan bo‘lib, Krishtianu Ronaldu va Paulo Dibala ketishi kutilmoqda. Yangi tarkibni Pirloni o‘rnini egallaydigan murabbiy tanlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!