Chempionship o‘yini bir muxlisning vafoti sabab to‘xtatildi

  • 07.12.2025 15:02
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Kecha Chempionshipning 2 ta uchrashuvi turli sabablarga ko‘ra to‘xtatilgan va bekor qilingan.

"Blekbern Rovers" hamda "Sheffild Uensdey" uchrashuvi juda qattiq yomg‘ir oqibatida maydon maysasi suv ostida qolgani uchun to‘xtatilgan. O‘yinda "Blekbern" 1:0 hisobida g‘alaba qozonayotgan edi va bahsda mezbonlar foydasiga qaror qabul qilindi.

Londonda bo‘lib o‘tgan "Charlton" va "Portsmut" uchrashuvi esa bir muxlisning jarohati sabab to‘xtatilgan. Mezbonlar matbuot xizmati xabariga ko‘ra, muxlisga tez tibbiy yordam kerak bo‘lgan. Keyinroq klub uning vafot etgani haqidagi qayg‘uli xabarni e’lon qildi. 

Ayni vaqtda turnir jadvalida "Koventri Siti" 43 ochko bilan etakchilik qilmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!