Cheran Superligada qoladi. Uning keyingi jamoasi ma’lum

  • 06.01.2025 16:57
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

Dragan Cheran "Nasaf"ga qaytishga yaqin turibdi. 

Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi amaldagi chempion "Nasaf "bilan kelishuvga erishgan. Hujumchi tez orada klub yig‘iniga borib qo‘shiladi.

37 yoshli forvard o‘tgan mavsum 13 ta gol bilan Superliga to‘purari bo‘lgan. Bundan tashqari u liganing ramziy jamoasidan ham o‘rin olgan edi.

Dekabr oyida "Paxtakor"ning jurnalistlar bilan ochiq muloqotida klub raisi futbolchining jamoani tark etishini tasdiqlagan edi. Avvalroq ketma-ket olti mavsum Superliga to‘purari bo‘lgan Dragan "Paxtakor" bilan xayrlashdi.

Ma’lumot uchun, 2016 yil "Nasaf" safiga qo‘shilgan Cheran ikki mavsumdan so‘ng poytaxt klubiga transfer qilingan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!