"Chesli"ning yosh futbolchisi top jamoalar nazariga tushdi

  • 20.12.2025 16:37
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Chelsi" himoyachisi Josh Achimpongni "Bavariya" va "Manchester Siti" o‘z safiga qo‘shib olishga urinmoqda. 

Jurnalist Ben Jeykobsning ma’lum qilishicha, har ikkala nufuzli klub ham yosh futbolchining o‘yinini diqqat bilan kuzatib kelmoqda. Achimpong etakchi klublarning unga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotgani haqida xabardor,biroq hozircha "Chelsi"ni tark etish niyatida emas. "Aristokratlar" ham o‘z himoyachisini qo‘yib yuborishni rejalashtirmayapti.

Ma’lumot uchun, Josh joriy mavsum London klubi safida 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 1 ta gol urishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!