Chicharitoni sotib yuborgan "Bayer" endi o‘ziga hujumchi izlamoqda

  • 21 avgust, 2017, 10:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Leverkuzenning “Bayer” klubi murabbiylar shtabi yozgi transfer yakuniga qadar jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun hujumchi sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda klub sport direktori Rudi Fyoller aytib o‘tdi.

Tecno

“Ko‘rinib turibdiki, biz bu borada ba’zi ishlarni amalga oshirishimiz kerak. Bu faqat chempionatning ilk turida mag‘lubiyatga uchraganimiz uchun emas”, - deydi Fyoller Goal internet-portaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Xeyko Xerrlix shogirdlari Bundesliganing dastlabki turida “Bavariya” mehmoni bo‘lishgan va yakunda 3:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘yishgan edi.

Ma’lumot uchun, “Bayer” mavsumlar oralig‘ida o‘zining meksikalik forvardi – Xaver Ernandesni (Chicharito) Londonning “Vest Xem” klubiga sotib yuborgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!