Hamzat Chimaev Dogʻistonga juda katta insonparvarlik yordam yubordi

  • 09.04.2026 12:49
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘rta vazn toifasida UFC chempioni Xamzat Chimaev suv toshqinidan jabr ko‘rgan Dog‘istonga yettita yuk mashinasida insonparvarlik yordami yubordi. Bu haqida "Grozniy-inform" xabar bermoqda.

Yuk tarkibida jami 60 tonna un, 41 tonna suv, 36 tonna makaron mahsulotlari, 1,5 tonna kungaboqar yog‘i, 20 tonnadan ortiq aralash mahsulotlar (shakar, yorma, yog‘ va boshqalar), shuningdek, 10 tonnadan ortiq sharbat yetkazib berildi.

Ijtimoiy tarmoqda Chimaev jabrlanganlarning hech biri yordam­siz qolmasligini, ularning muammosini o‘zinik ham deb atadi.

"Alloh, barcha jabrlanganlarga madadkor bo‘lsin," - deb yozdi 31 yoshli chempion. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!