Chimaev: "Shon tayyor tur, keyingisi sen!"
O‘rta vazn toifasi (84 kg) UFC jangchisi Hamzat Chimaev divizion chempioni Shon Striklendni oktagonga chorladi.
"Shon,vahimaga tushma, keyingisi sensan. Sani qanchalik tez tugatishimni tasavvur ham qilolmaysan", - dedi Hamzat.
Eslatib o‘tamiz, Hamzat Chimaev (13-0) UFC 294 turniri doirasida Kamaru Usmanni (20-4) ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub etgandi.
Striklend (28-5) UFC 294 kechasida Israel Adesanyadan (24-3) ochkolar hisobiga ko‘ra ustun kelgan va o‘rta vazn toifasi chempioniga aylangandi.



Fikrlar