ChL. Bugun chorak final juftliklari aniq bo‘ladi

  • 17 mart, 2023, 07:58
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Bugun soat 16:00da Chempionlar ligasining chorak final bahslari uchun qar’a tashlanadi. "Manchester Siti", "Chelsi", "Real" Madrid, "Inter", "Milan", "Napoli", "Bavariya" va "Benfika" jamoalari 1/4 bosqichiga yo‘l olgan.

Hozircha "Bavariya"ni hech kim mag‘lub qila olmayapti. Nemislarga faqtgina "Viktoriya Plezen" gol urishga muvaffaq bo‘ldi. "Real" 8 ta o‘yinda 6 marta g‘alaba qozondi, 1ta durang va 1 marta imkoniyatni boy berib qo‘ygan. Bundan tashqari, "Manchester Siti" ham ajoyib statistikaga ega. "Shaharliklar" ni ham hech qaysi jamoa mag‘lubiyatga uchrata olmadi. Eng ko‘p gol urgan klub esa "Napoli" bo‘lib turibdi. Neapolliklar raqib darvozasiga 22 ta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi. 

Ma’lumot uchun, bu bosqichda bir davlatdan bo‘lgan jamoalar raqib bo‘lishi yoki oldin to‘qnash kelgan klubga qarshi o‘ynashi mumkin. Ushbu qur’adan keyin yarim final juftliklari ham ayon bo‘ladi.  

Chorak final bahslari 11 va 12 aprel kuni boshlanadi. Javob o‘yinlari esa 18 va 19 aprelda bo‘lib o‘tadi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!