
Chorak finalning 3 juftligi aniq bo‘lib ulgurdi
JCh-2022 nimchorak finalidan o‘rin olgan Braziliya - Janubiy Koreya bahsi yakunlandi. Unda "pentakampeonlar" yirik 4:1 hisobida raqibidan ustun keldi.
Janubiy amerikaliklarning gollariga Vinisius, Neymar, Risharlison hamda Paketa mualliflik qildi. Koreyslarning yagona goli esa Payk Sin Xo tomonidan kiritildi.
Shu tariqa, chorak finalning 3 juftligi aniq bo‘lib ulgurdi. Unga ko‘ra, Niderlandiya - Argentina, Xorvatiya - Braziliya hamda Angliya va Frantsiya terma jamoalari ushbu bosqichda o‘zaro kuch sinashadi.
Shuningdek, bugun bo‘lib o‘tadigan ikki o‘yin so‘nggi 4-juftlik nomiga aniqlik kiritadi.
Fikrlar