Corriere dello Sport: Shomurodov bugun ilk daqiqadan o‘ynaydi!

  • 4 noyabr, 2021, 18:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino Konferentsiyalar ligasi gurug‘ bosqichining to‘rtinchi turida “Budyo-Glimt” jamoasiga qarshi uchrashuvda tarkibni rotatsiya qilishni rejalashtirmoqda.

Corriere dello Sport nashrining ma’lum qilishicha, bugun Eldor Shomurodov uchrashuvni boshlang‘ich tarkibda boshlaydi. Portugaliyalik mutaxassis asosiy hujumchi Temmi Abraxam hordiq chiqarishi va ruhiy holatini tiklab olishiga imkon bermoqchi ekan.

Shuningdek, norvegiyaliklar bilan o‘yinda jamoa sardori Lorentso Pellegrini ishtirok etmaydi. Uning tizzasidagi shamollash bezovta qilmoqda va diskomfortdan qutilish uchun shifokorlar muolajasini olishni davom ettirishi kerak bo‘ladi.

Ma’lumotlarga qaraganda, uchrashuvda Eldor Shomurodov hujum markazida o‘ynaydi, Stefan El-Shaaravi chap qanot hujumchisi vazifasini bajaradi, pleymeyker rolida Genrix Mxitaryan harakat qiladi.

large_3

Abraxam: Men hech qachon bahona qidirmayman

“Roma” hujumchisi Temmi Abraxam “Budyo-Glimt”ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

- Futbolda yaxshi kunlar qatori qiyin vaziyatlar ham bo‘ladi. Murakkab vaziyatga tushib qolganingda ko‘proq narsani o‘rganib olasan. Bu vaziyat o‘zimning etakchilik qobiliyatimni namoyish qilib, jamoaga foyda keltirish uchun ayni muddaodir. Ba’zan, qiyinchiliklarni engib o‘tishimizga to‘g‘ri keladi.

Men hech qachon bahona qidirmayman. Doim jamoa bilan birga bo‘lgim keladi. Tezroq eng optimal formamga qaytishga umid qilyapman. “Roma” ishonchini ko‘proq oqlashim kerak. Oldinda bizlarni ajoyib yangiliklar kutayotganiga ishonchim komil, - dedi Temmi Abraxam.

24 yoshli angliyalik hujumchi joriy mavsumda barcha turnirlarda 15 ta uchrashuv o‘tkazib, to‘rtta gol va ikkita golli pas muallifi bo‘ldi.

84980599

Qimmat transferlarning samarasi qanday?

Statistika mutaxassislar yozgi transferlar vaqtida qimmatga xarid qilingan Temmi Abraxam va Eldor Shomurodovning samaradorligini hisoblab chiqishdi.

“Roma”ga 40 million evroga tushgan angliyalik hujumchi joriy mavsumda jami 1064 daqiqa harakat qilib, raqiblar darvozasiga to‘rtta to‘p kiritgan.

17,5 million evro evaziga transfer qilingan Eldor Shomurodov esa asosan zaxiradan o‘yin qo‘shilmoqda. U shu paytga qadar 471 daqiqa o‘ynab, o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.

a7b8e877cf6f628b439ee5a017160efd

Mourino: Konte yaxshi murabbiy, Nunu esa undan zo‘r

“Roma” ustozi Joze Mourino avvalgi jamoasi – “Tottenxem”da bosh murabbiy o‘zgarganiga munosabat bildirdi.

Ma’lumki, “Tottenxem” qoniqarsiz natijalar tufayli portugaliyalik Nunu Eshpiritu Santuni iste’foga chiqarib, uni o‘rniga Antonio Konteni olib keldi.

Men Konteni yaxshi murabbiy, deb bilaman. Nunu Santu esa undan zo‘r. U “Vulverxempton”da bir-ikki oy emas, balki to‘rt-besh yil davomida fantastik natijalarni qayd etgan.

Hozir “Tottenxem”ga yaxshi murabbiy keldi, lekin Nunu davrida ham ular zo‘r ustozga ega edi, - dedi Joze Mourino.

rue9d24985062

Mourino Shomurodovga baho berdi va munosabati qanday ekanini aytdi!

Shomurodovning ustozi eng ko‘p maosh olmoqda yoxud Mourinoga xunuk xabar!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ulugoff Dlyabiznesa
04/11/2021 19:13
Асосийда тушса керак уйин силкаси Uzbekistan Legioners телеграм каналида бор кидирвотганла боса, хамма легионерларимиз уйин силкалари ва видеолари жойланиб борилади..