Dahshatli summa! Yamalni oladigan klub topildi

  • 25.03.2026 07:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Frantsiyaning eng badavlat klubi “Pari Sen-Jermen” yozgi transfer oynasida tarkibni kuchaytirishni rejalashtirmoqda va “Barselona” vingeri Lamin Yamalarni sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda.

Fichajes nashri ma’lumotiga ko‘ra, Parij klubi taxminan 350 million yevro miqdorida taklif tayyorlayapti.

Agar bu tasdiqlansa, bunday summa jahon futboli tarixida rekordga aylanishi mumkin. PSJ rahbariyati o‘yinchini jamoaning kelajak loyihasidagi asosiy figuralardan biri sifatida ko‘rmoqda.

“Barselona” ham hozircha futbolchini sotish variantini ko‘rib chiqmayapti va jamoani uning atrofida qurishni rejalashtirmoqda. Biroq klubning moliyaviy holati rasmiy taklif tushgan taqdirda vaziyatning keyingi rivojiga ta’sir qilishi mumkin.

O‘yinchiga bo‘lgan huquqlar Kataloniya klubiga tegishli va ehtimoliy transfer bo‘yicha yakuniy qaror tomonlarning pozitsiyasi hamda yozgi transfer oynasidagi kelishuv shartlariga bog‘liq bo‘ladi.

Joriy mavsumda Lamin Yamal 40 ta o‘yin o‘tkazib, 21 ta gol urdi va 16 ta golli uzatma berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!