
Dalot Amorimni qo‘llab-quvvatladi: "U – biz uchun to‘g‘ri murabbiy"
Xabaringiz bor, tunda Ruben Amorim boshchiligidagi "Manchester Yunayted" Evropa ligasi finalda "Tottenxem"ga 1:0 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ushbu bellashuvdan so‘ng portugaliyalik himoyachi Diegu Dalot jamoa bosh murabbiyini qo‘llab-quvvatladi.
"Men 100 foiz ishonch bildiramanki, Ruben Amorim jamoa uchun to‘g‘ri tanlov. Uning standartlari, talablari va intilishlari har kuni ko‘z o‘ngida. Jamoada ko‘p o‘zgarishlar bo‘layapti, biz esa mas’uliyatli bo‘lishimiz kerak. Bunday natijalar bilan ijobiy tomon haqida gapirish qiyin, lekin bu haqiqat.
Agar MYu safida qolishni istasak, o‘yinimizni ancha yaxshilashimiz kerak. Har kunlik mehnatimiz kelajakda natija beradi. Aks holda, klubni yuqori pog‘onaga qaytarish juda qiyin bo‘ladi" - deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi qanot himoyachisi.
Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik qo‘l ostida "qizil iblislar" bu mavsumdagi so‘nggi uchrashuvini 25 may kuni "Aston Villa"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar