Dana Uayt: "Ko‘ramiz, voqealar rivoji qanday bo‘lar ekan"

  • 16 avgust, 2024, 20:55
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
TIGGO 2 PRO

Avvalroq, ikki vazn toifasida sobiq chempion Konor MakGregor dekabrda jangga tayyorligi aytgandi. Bunga UFC rahbari Dana Uayt izoh bildirdi.

"Hozircha, Konor bu yil jang o‘tkazmasligiga ishonaman. MakGregor dekabrda oktagonga chiqishni xohlayotganini aytdi. Ko‘ramiz, voqealar rivoji qanday bo‘lar ekan", - dedi Uayt sportsnet.ca saytiga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyun oyida Konor(22-6) AQSh vakili Maykl Chendler(23-8) bilan jang o‘tkazishi kerak edi. Ammo irlandiyalik  mashg‘ulot chog‘ida oyoq barmog‘ini sindirib olgani sababli bahs bekor qilindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!