Asosiy mazmunga oʻtish

Dana Uayt: Maxachev Anos bilan jang qilishdan bosh tortdi

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Anos aslida Rafael Fiziev bilan jang qilishi belgilangan edi

UFC prezidenti Dana Uayt Islam Maxachev va Rafael dos Anos tarmoqlarda jang qilish xaqida yozgan bo‘lsa-da, jangni kim rad qilgani haqida aytib o‘tdi.

"Men kechasi uxlashdan oldin alla qachon bu jangni amalga oshiramiz deb o‘ylagan edim. Keyingi kuni uyg‘onganimda esa ular jangni rad qilganini bildim. Islam rad qildi. Nima uchunligini bilmadim. U jangni rad qilgan ekan, biz yana Benil Dariush bilan bahsni tashkil qilishga harakat qilamiz. Biz bu jangni tashkil qilamiz",- dedi Uayt Barstool Sports nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, 6 mart kuni bo‘lib o‘tadigan UFC 272 doirasida dos Anos Rafael Fiziev bilan jang qilishi belgilangan edi. Ammo Fiziev koronavirusga chalingach, uning o‘rnini to‘ldirish uchun bir qancha varianatlar ko‘rildi. Natijada, Anos Renato Moykanoga qarshi oktagonga ko‘tarilishi e’lon qilindi.

Valentina Shevchenkoning navbatdagi raqibasi va jang sanasi ma’lum

Gennadiy Golovkin o‘zbek bokschisining sobiq raqibiga qarshi jang o‘tkazadi, sana va manzil ma’lum bo‘ldi

Ana xolos! Tayson Fyuri kutilmaganda faoliyatini yakunlashini aytdi

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q