Dana Uayt nega Mayk Tayson – Jeyk Pol jangini tanqid qildi?

  • 7 iyun, 2024, 17:15
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

UFC prezidenti Dana Uayt taniqli bokschi Mayk Tayson va Jeyk Pol o‘rtasidagi bo‘lajak jang haqida gapirdi.

Tecno

Dastlab, Mayk(50-6, 44 KO) va Jeyk(9-1, 6 KO) 20 iyul kuni to‘qnash kelishi kerak edi, biroq ular 57 yoshli Taysonning sog‘lig‘i tufayli bahsni boshqa sanaga ko‘chirishga qaror qilishdi.

“Tayson allaqachon 58 yoshda. U deyarli, 60 yoshli erkak. Menimcha, Mayk 27 yoshli yigit bilan har qanday holatda ham urishmasligi kerak. Hatto "Temir musht" bo‘lsa ham. 

Men Mayk Taysonni hurmat qilaman. Ammo, u qariyb 60 yosh...?! Nima demoqchi ekanimni tushunyapsizmi? Bugun belim og‘riyapti va bundan o‘layozmoqdaman. Balki, men ellik yoshda bo‘lganim uchundir. Shunday ekan,  Pol va Tayson jangi juda kulgili”, – dedi Uayt "Flagrant"ning "You Tube" kanalida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!