Dani Alves APLda o‘ynamoqchi

  • 18.05.2019 20:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

PSJ klubi himoyachisi Dani Alves faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

UOL Esporte nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 36 yoshli braziliyalik futbolchi hozircha parijliklar bilan amaldagi shartnomani uzaytirish masalasida bir qarorga kelganicha yo‘q. U o‘z kuchini APLda sinab ko‘rish istagini bildirmoqda va uning agenti ayni damda tumanli albiondan unga munosib jamoa qidirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Alvesning PSJ bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!