Dani Alves: "Uning transferi uchun pul sarflamagan bo‘lardim"

  • 9 aprel, 2022, 02:30
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" himoyachisi Dani Alves Kilian Mbappe hamda Xoland o‘rtasida tanlov amalga oshirdi. 

"To‘g‘risini aytsam, Xoland transferi uchun kurashmagan bo‘lardim. Unga katta pul sarflashni ham to‘g‘ri deb hisoblamayman, Mbappe uchun esa aksi. 

Men klubda sport direktori vazifasini bajarmayman. Kilian har tomonlama kuchli futbolchi. Agar siz katta mablag‘ evaziga o‘yinchi sotib olmoqchi bo‘lsangiz, eng yaxshisini olishingiz zarur. Hammasi menga bog‘liq bo‘lganida, Mbappega pul tikardim", - dedi Braziliya terma jamoasi sardori.   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!