
Dani Alves yana "Sevilya"ga qaytishi mumkin
Ispaniyaning "Sevilya" klubi PSJda to‘p surayotgan sobiq himoyachisi Dani Alvesni yana ortga qaytarishni rejalashtirmoqda.
L'Equipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra agar 35 yoshli braziliyalik futbolchi parijliklar bilan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmasa, andalusiyaliklar yozda u bilan shartnoma imzolashga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Alves 2003-2008 yillarda “Sevilya” sharafini himoya qilgan.
Ma’lumot uchun, Dani Alves joriy mavsum PSJ safida jami 23ta o‘yinda ishtirok etdi va 1ta gol hamda 5ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi. Uning transferi esa 3 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar