Daniil Eybog 1500 metr masofada ham ishtirok etadi

Milan-Kortina-2026 qishki Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobiga yana bir litsenziya qoʻshildi.

Xalqaro konkichilar ittifoqi musobaqa dasturlari kesimida litsenziyalar taqsimotini qayta amalga oshirdi va unda hamyurtimiz Daniil Eybog 1500 metr masofada ham ishtirok etishi tasdiqlandi. 

Maʼlumot uchun, Eybogning mazkur masofadagi starti 14 fevral kuniga belgilangan. Shuningdek, u 500 metr masofada ham yoʻllanma sohibi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!