Daniya futbolchilari 2 ta gol urgan o‘yinda Angliya 2:1 hisobida g‘alaba qozondi va finalga chiqdi (vidoe)

  • 8 iyul, 2021, 10:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa chempionatining ikkinchi yarim final juftligida Angliya va Daniya terma jamoalari o‘zaro bahs olib bordi.

Qiziqarli va shiddatli kechgan o‘yin 2:1 hisobida inglizlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni uchrashuvda hisobni Daniya terma jamoasi a’zosi Mikkel Damsgor (30') ochdi, ammo oradan 9 daqiqa o‘tib Simon Ker (39' avtogol) o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. O‘yinning asosiy bo‘limlari 1:1 hisobida durang bilan yakunganach, hakam qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat qildi. 104-daqiqada Xarri Keyn katta sahnaga chiqdi va Angliyani finalga olib chiqqan golga mualliflik qildi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!