Daniya safarda Moldova darvozasini javobsiz 4 marta ishg‘ol qildi (video)
"JCh-2022" saralashining Evropa mintaqasi “F” guruhi 7-turida Daniya safarda Moldova terma jamoasi mehmoni bo‘ldi.
O‘yin mehmonlarning to‘liq ustunligida kechdi. Andreas Skov Olsen (23'), Simon Ker (34'), Kristian Nergor (39') va Yoakim Mele (44') tomonidan kiritilgan gollar Daniyaning 0:4 hisobidagi yirik g‘alabasini ta’minladi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar