
Dario Srna faoliyatini yakunlaydi va yana "Shaxtyor"ga qaytadi
Mavsumni "Kalyari" safida o‘tkazgan himoyachi Dario Srna yana "Shaxtyor"ga qaytadi. Bu haqda Football.ua nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 37 yoshli xorvatiyalik futbolchi faoliyatini yakunlaydi va “konchilar” tuzilmasida ish boshlaydi. Ukraina chempioni bu masala yuzasidan tez orada rasman e’lon qilishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Srna “Shaxtyor” safida 2003-2018 yillarda to‘p surgan. U ushbu vaqt ichida jami 339ta o‘yinda maydonga tushib, 33ta gol urishga erishgan.
Fikrlar