Darvozabon qahramon bo‘lgan o‘yinda boshqa futbolchi tarix yaratdi

  • 20 sentabr, 2024, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar ligasining umumiy bosqich birinchi turidan o‘rin olgan “Atalanta” va “Arsenal” uchrashuvida tarixiy natija qayd etildi.

Golsiz yakunlangan bahsda qahramoni “kanonirlar” posboni David Rayya bo‘ldi. U 51-daqiqada o‘z darvozasiga belgilangan penaltini qaytardi. 11 metrlik nuqtadan zarba bergan Mateo Retegi jamoasiga g‘alaba keltirish imkoniyatidan foydalana olmadi.

Mikel Arteta 73-daqiqada maydonga jamoaning yangi o‘yinchisi Rahim Sterlingni tushirdi. Tajribali hujumkor futbolchi o‘yinga qo‘shilishi bilan tarixiy rekord sohibiga aylandi.

Sterling Chempionlar ligasida to‘rtta jamoa bilan ishtirok etgan angliyalik birinchi charm to‘p ustasi sifatida qayd etildi. 30 yoshli o‘yinchi bungacha “Liverpul”, “Manchester Siti” va “Chelsi”da qit’aning eng nufuzli musobaqasi ishtirokchisi bo‘lgandi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!