
Dastin Pore yaqin orada oktagonga qaytadimi?
Engil vaznda sobiq UFC chempioni, amerikalik Dastin Pore navbatdagi jangga tayyorgarlikni boshlaganiga shama qildi.
"Biz ishga qaytganga o‘xshaymiz",-deb yozdi Dastin Pore o‘zining ijtimoiy tarmog‘ida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dastin(30-8-1 N/C) liga rahbariyatini Islom Maxachev(25-1) bilan chempionlik kurashini tashkil etishga bir necha bor chaqirgan edi. Shundan so‘ng, chempion ham Pore bilan oktagonni baham ko‘rish istagini bildirgan.
Fikrlar