David Alaba noma’lum muddatga safdan chiqdi

  • 15.09.2019 16:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Bavariya” klubi himoyachisi David Alaba kecha Bundesliganing 4-turidan o‘rin olgan “RB Leyptsig”ga (1:1) qarshi bahsdan oldin o‘tkazilgan chigalyozdi mashg‘ulotlarida chap oyoq son mushaklaridan jarohat olgan.

Myunxenliklar rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 27 yoshli avstriyalik futbolchining qachon maydonga qaytishi hozircha noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, Alaba joriy mavsum “Bavariya” safida jami 5ta o‘yinda ishtirok etdi va 1ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!