David Alaba yangi mavsumni qaysi jamoada boshlashi ma’lum!
Bugun "Bavariya"dan ketishini e’lon qilgan himoyachi David Alaba faoliyatini qaerda davom ettirishini ma’lum qilindi.
Italiyalik jurnalist Janluka Di Martsioning xabar berishicha, 30 yoshli avstriyalik futbolchi yangi mavsumni “Real”da boshlaydi. U “Qirollik klubi” bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi. Uning Madriddagi yillik maoshi esa 10 mln evroni tashkil etadi.
David Alaba joriy mavsum Bundesligada 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar