
Davron Fayziev: Akmal Mozgovoy, ampluasi yarim himoyachi, kasbi - Benzema
"Nasaf" Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichi 5-turida "Al-Sadd" bilan kuch sinashdi. "Ajdarlar" Qatar klubini 3:1 hisobida taslim etdi.
Dastlab 63-daqiqada Akmal Mozgovoy hisobni ochdi. 75-daqiqada Husain Norchaev o‘yindagi ikkinchi musobaqadagi ilk golini urishga erishdi. Oradan 2 daqiqa o‘tib, Mozgovoy dublni rasmiyllashtirdi. Bellashuvga qo‘shib berilgan vaqtda raqibi vakili Tobata farqni bittaga qisqartirdi xolos. Shu tariqa, Ro‘ziqul Berdiev shogirdlari 3:1 hisobida zafar quchdi.
Taniqli sharhlovchi Davron Fayziev telegramdagi sahifasida uchrashuv borasida fikr bildirdi.
- "Nasaf" haqida studiyada ("Futbol TV" studiyasi nazarda tutilmoqda) ancha gapirdik. Jamoa sifatida yaxshiroq dedik. Raqib yulduzlari bilan ishi yo‘q dedik. Qizil ortiqcha, shundoq o‘z rejasi bilan o‘ynagani yaxshiligini aytdik.
Ammo natija o‘ylaganimizdan ham yuqori bo‘ldi. Shunchaki super. Norchaev - kelajak. Smaylagich "Nasaf"ga faqat u bilan raqobat uchun kerak.
Akmal Mozgovoy, ampluasi yarim himoyachi, kasbi - Benzema.
Tabriklayman "Nasaf"chilarni!, - dedi Davron Fayziev.
Fikrlar