
Davron Fayziev: Ballardini "Yuventus"dan yashirmoqda Eldorni
Hozirgina ko‘pchilik kutgan "Yuventus" - "Jenoa" bahsining asosiy tarkiblari e’lon qilindi. Eldor Shomurodov zaxirada qoldirildi.
Ushbu xabardan so‘ng, taniqli sharhlovchi Davron Fayziev telegramdagi sahifasida genuyaliklar ustozi Shomurodovni yashirin qurol sifatida zaxirada qoldirganini aytdi.
- "Jenoa" - "Yuventus" o‘yini tarkibi chiqdi. Shomurodov zaxirada. Ballardini "Yuventus"dan yashirmoqda Eldorni, - deya yozib qoldirdi Davron Fayziev.
Ko‘ramiz, hamyurtimiz uchrashuvda qaysi payt maydonga tusharkin? Balki u chindan ham jamoasining yashirin qurolidir. "Jenoa" murabbiyining bu qarori qanchalik to‘g‘ri ekanini vaqt ko‘rsatadi. Buni o‘yin davomida bilib olamiz.
Fikrlar