Davron Fayziev: Maqsadimiz ikkala o‘yinni yutib, birinchi o‘rinni olish

  • 9 iyun, 2021, 13:53
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Biroz avval JCh-2022 saralash bosqichidan o‘rin olgan bahsda Turkmaniston Livan terma jamoasini mag‘lub etdi. Shu tariqa, qo‘shnilarimiz Livanga mudatidan avval keyingi bosqichga chiqish imkonini bermadi. Taniqli jurnalist Davron Fayziev ushbu o‘yin haqida fikr bildirdi. 

"Turkmaniston terma jamoasiga qoyil. “N” guruhida Livan terma jamoasi g‘alaba qozonganda to‘g‘ridan-to‘g‘ri keyingi bosqich yo‘llanmasini naqd qilardi. Oxirgi turda esa Koreya bilan motivatsiyasiz tushib, Koreyaning ikkinchi o‘rinlar orasida ochkolarini oshirib olishga imkon berishi mumkin edi. Biroq Turkmaniston bunga yo‘l qo‘ymay, daramatik uchrashuvda 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Ha, hozircha ikkinchi o‘rinlar orasida Livan O‘zbekistondan teparoqda, biroq bizda o‘tib ketish imkoni yaxshi. Bundan tashqari bizning maqsadimiz ikkala o‘yinni yutib, birinchi o‘rinni olish. Ammo butun vaziyatni kuzatib, bilib borish ham zarar qilmaydi. O‘yinlar soni kamroq jamoalar ham ochko yig‘ish ehtimoli bor.

Shuningdek, ikkinchi o‘rindagi jamoalar orasida gollar soni ham rol o‘ynashini e’tirof etish kerak", - deya yozib qoldirgan Fayziev "Telegram" kanalida.

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi o‘yinini 11 iyun kuni Yaman termasiga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Akbarali Abdunazarov
09/06/2021 23:40
Бизни уйинчиларда хохиш булса Саудияни камида 2-0 га юта оламиз, Абрамов тугри составна куйса булди!
&
Ашуров Бахтийор
09/06/2021 15:48
Худо хохласа Саудияни хам, ютамиз!