
Davron Fayziev: O‘zi savollar bormidi? Yo‘q
"Chelsi" Evropa chempionlar ligasi nimchorak finalning dastlabki o‘yinida "Lill" ustidan 2:0 hisobida zafar quchdi. Bellashuvdan so‘ng taniqli sharhlovchi Davron Fayziev telegramdagi sahifasida uchrashuv borasida fikr bildirdi.
- "Chelsi" - "Lill" 2:0. O‘zi savollar bormidi? Yo‘q. Londonliklar klassda ustun kelishdi. Burchak to‘pidan so‘ng Xaverts tezkor gol urdi. Keyinchalik ham "Chelsi" ustunlikka ega bo‘ldi. "Lill" o‘tgan yilgi holatidan ancha o‘zgargan, yomon tomonga. Ayni vaqtda dunyoning eng kuchli klubi fonida shunday tuyuldi, deyishingiz mumkin. Ammo Frantsiya ligasida ham shu ahvol.
Ikkinchi bo‘limda "Lill" kam sonli urinishlarni amalga oshirdi. Maydon markazining o‘zida Kante ularni yo‘q qilib keldi. Ngolo odatdagidek buzg‘unchilik faoliyatidan bo‘sh paytlarida hujumni ham qo‘llab-quvvatladi. Aynan u markazdan oldinga yurish qildi va sherigiga aniq golli pas berdi. Pulishich esa himoyachi va darvozabon masalasini hal etib, aniq zarba yo‘lladi. 2:0. Man of the match - Ngolo Kante.
Esingizda bo‘lsa texnik xato sabab 1/8 qur’asi ikki marta o‘tkazilgandi. Faqat bir juftlik ikkala qur’ada ham o‘zgarmay qoldi. Demak, "Lill" taqdirida bor ekan "Chelsi"ga yutqazish. Agar Frantsiyada mo‘jiza ro‘y bermasa… - dedi Davron Fayziev.
Fikrlar