
De Bryoyne o‘ziga boshqa superklubni tanladi
“Manchester Siti” yarimimoyachisi Kevin De Bryoyne yozda “Real”ga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda, deb xabar tarqatdi Todofichajes nashri.
Manbaning ta’kidlashicha, madridliklar yozda jamoa hujumkorligini kuchaytirishi mumkin bo‘lgan pleymeyker olishga qaror qilgan va nomzodlar orasida Kevin de Bryuynening imkoniyati yuqori baholamoqda.
Belgiyalik futbolchi o‘z pozitsiyada dunyoning eng zo‘r o‘yinchilaridan hisoblanadi. “Real”ning belgiyalik o‘yinchilari – Eden Azar va Tibo Kurtua o‘z hamyurtlarini Madridga kelishga ko‘ndirishlari kutilmoqda.
De Bryuyne “shaharliklar” bilan 2025 yilning yozigacha davom etadigan shartnomaga ega. Shu bois, manchesterliklar o‘z etakchisini 100 million evroga baholamoqda.
Fikrlar