De Bryuyne: Gvardiolada "B" rejasi yo‘q
“Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne EChL chorak finalida “Lion”dan (1:3) uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng, jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning taktikasiga nisbatan bildirilgan tanqidlar haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Gvardiolaning futbol haqidagi qarashlari boshqalarnikidan farq qiladi. Uning o‘ziga xos falsafasi bor. U unga sodiq va u o‘zgarmaydi.
Xosepning faqatgina "A" rejasi bor. "B" rejasi yo‘q. Buni ko‘pchilik tushunishi qiyin.
O‘yinchilar rejani o‘zgartirish zarurligi haqida o‘ylaydilarmi? Bunday bo‘lishi mumkin, ammo biz shunda ham A rejasi asosiy ekanini unutmaymiz”, - deydi belgiyalik futbolchi.

Fikrlar