De Bryuyne ishonmayapti

  • 02.04.2020 20:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" klubi yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne Angliya premer-ligasida joriy mavsumning nihoyalanishiga shubha qilyapti.

Tecno

“Yana qachon futbol o‘ynashni boshlashimizni tasavvur qila olmayman. Angliyada uzoqroq kutishni va keyinchalik qaror qabul qilishni xohlashmoqda.

Futbol nuqtai nazaridan hamma narsa tushunarsiz. Biz deyarli 6 haftadan buyon futbol o‘ynamayapmiz. Sport formani tiklash uchun esa odatda 3-4 hafta talab etiladi. Agar biz mavsumni zudlik bilan boshlab yuborsak, bir nechta o‘yindan keyin hamma jarohat oladi.

Kelgusi mavsumda muammolar sodir bo‘lishini xohlashmasa, mavsumni ertaroq yakunlash kerak”, - deydi belgiyalik futbolchi.

Premer-liganing yakunlanishiga yana 9 ta tur bor. Hozircha “Liverpul” yakka peshqadam bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!