De Bryuyne Premer-ligadagi so‘nggi 7 o‘yinida 9 ochko to‘pladi
APLning 4-turda "Manchester Siti" o‘z uyida "Brayton"ni qabul qildi va yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvda Kevin De Bryuyne 2 ta assistentlik qildi. O‘yinning 2-daqiqasida David Silvaga va 42-daqiqasida Serxio Agueroga golli uzatmani amalga oshirdi.
27 yoshli futbolchi o‘zining APLdagi so‘nggi 7 ta o‘yinida, 2 ta gol urdi va 7 ta assistlik vazifasini bajardi.

Fikrlar