
De Bryuyne qaysi futbolchi uning jamoadoshi bo‘lishini xohlaydi?
"Manchester Siti" klubi yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne qaysi futbolchi uning jamoadoshiga aylanishini orzu qilishini aytdi.
“Menimcha Terri Anri yoki Krishtianu Ronaldu. Hujumchilar - mening o‘yin uslubimdagi eng muhim figuralar hisoblanishadi.
Men Ronalduga havolatib to‘pni oshirardim va u 3 metr balandlikdan to‘pni qabul qilib olardi. Unda mening golli uzatmalarim sonini tasavvur qila olmasdingiz”, - deydi belgiyalik futbolchi.
De Bryuyne joriy mavsum “Siti” safida jami 35 ta o‘yinda maydonga tushdi va 9 ta gol hamda 20 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar