De Bryuyne yaqin kunlarda A Seriyaning grand jamoasiga qo‘shilishi mumkin

  • 14 may, 08:41
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning "Manchester Siti" klubi futbolchisi Kevin de Bryuyne tez kunda Antonio Konte boshchiligidagi Napoli jamoasiga borib qo‘shilishi mumkin.

Tecno

"Shaharliklar" yarim himoyachisi  De Bryuyne mavsum yakunlangach, ehtimol, nearol klubiga o‘tadi. Italiya jamoasi 33 yoshli belgiyalik futbolchi bilan muzokaralarda jiddiy ilgarilagan va iyun oyida erkin agentga aylanadigan fulbek bilan shartnoma shartlarini muhokama qilishni rejalashtirmoqda. "Napoli" futbolchining oilaviy ehtiyojlarini – turar joy va logistika masalalarini ham hisobga olmoqda. Klub rahbariyati Kevindan ijobiy javob kutib turibdi.

Ma’lumot o‘rnida, Kevin joriy mavsum manchesterliklar safida 37 ta bellashuvda ishtirok etib, 6 ta gol va 8 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!