
De Ligtning "Yuventus" bilan imzolanadigan shartnomasida uni muddatidan avval bekor qilish bandi bo‘ladi
Turinning "Yuventus" klubi yaqin kunlar ichida "Ayaks" himoyachisi Matteys de Ligtning transferini e’lon qiladi.
Sky Sports Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 19 yoshli gollandiyalik futbolchining “keksa sinora” bilan imzolaydigan shartnomasida uni muddatidan avval bekor qilish haqida band mavjud. Uning tovon puli esa 150 mln evro etib belgilanadi.
Ma’lumotlarga qaraganda bu de Ligtning kelajakda “Barselona”ga o‘tishi mumkinligi bilan bog‘liq. Boisi, u baribir kataloniyaliklar safida o‘ynamoqchi. Uning “Yuventus”ga o‘tishi esa ba’zi bir moliyaviy sabablarga ko‘ra amalga oshirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, de Ligt “Yuventus” bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi va yiliga 12 mln evro maosh oladi.
Fikrlar