
De Xea: "Etuk futbolchiga aylandim"
David de Xea "Manchester Yunayted" uning faoliyatiga qanday ta’sir qilganini aytdi.
"Menimcha, bu erga kelganimdan keyin juda o‘zgardim. Etuk futbolchiga aylandim, deb ayta olaman va hozir o‘zimni jamoadagi eng tajribali o‘yinchilardan biridek his qilyapman. Men sardor bo‘la olaman, mas’uliyatni o‘z zimmamga olaman va buni har bir bahsda ko‘rsatish o‘zgacha g‘urur bag‘ishlaydi.
Ishlar yaxshi ketayotganini aytish oson, lekin muammolar boshlanganda jamoa va muxlislar bilan doim birga bo‘lishing kerak. Men yosh futbolchilarga o‘rnak bo‘lishga va doim to‘g‘ri mashq qilishga harakat qilaman. Yosh futbolchilarga qandaydir maslahat bera olaman, bu yoqimli, lekin eng muhimi yaxshi o‘ynashda davom etishdir", - dedi "Manchester Yunayted" darvozaboni.
Eslatib o‘tamiz, David de Xeaning "qizil iblislar" bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi. Avvalroq Erik ten Xag kiperning kelajagi JCh-2022 vaqtida ko‘rib chiqilishini aytgandi. Ispaniyalik posbon jamoasining mundial uchun qaydnomasiga kiritilmadi.
Fikrlar