De Xea PSJdan o‘ylab olish uchun vaqt so‘radi

  • 15 may, 2019, 23:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ klubi yozda shartnomasi yakunlanadigan "Manchester Yunayted" darvozaboni David de Xea bilan aloqaga chiqdi.

Tecno

MEN nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 28 yoshli ispaniyalik posbon parijliklardan o‘ylab olish uchun biroz vaqt berishlarini so‘ragan. U yakunlangan og‘ir mavsumdan so‘ng biroz hordiq chiqarmoqchi.

Ma’lumot uchun, de Xea joriy mavsum MYu safida jami 47ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 63ta gol o‘tkazib yubordi, 10ta o‘yinda esa o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qola oldi. Uning transferi esa 70 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!