De Xea uzoq muddatga safdan chiqqan bo‘lishi mumkin
“Manchester Yunayted” klubi hamda Ispaniya terma jamoasi darvozaboni David De Xea Evro-2020 saralashidan o‘rin olgan Shvetsiyaga (1:1) qarshi bahsda jarohat olib maydonni tark etgan edi.
The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra ispaniyalik darvozabonda mushaklar jiddiy shikastlangan. Shifokorlar uning sog‘ayishi uchun taxminan 2 oy talab etilishi mumkinligini aytishmoqda.
Agar yuqoridagi tashhis to‘g‘ri chiqsa, de Xe 14 ta o‘yinda MYu ga yordam berolmaydi, shu jumladan "Liverpul", "Chelsi", "Tottenxem" va "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinlarda ham.
Ma’lumot uchun, De Xea joriy mavsum “Manchester Yunayted” safida jami 9ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 8 ta gol o‘tkazib yubordi.



Fikrlar