
De Yong "Barselona"da qolishini aytdi
"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong klub bilan shartnomasini uzaytirmoqchi. Bu haqda jurnalist Ferran Martines xabar berdi.
Manbaning xabariga ko‘ra, niderlandiyalik futbolchi kiyinish xonasida kelishuvni uzaytirishga tayyorligini aytgan. 27 yoshli xavbekning "ko‘k-anorranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining narxi 45 million evroga baholanmoqda.
Ma’lumot uchun, de Yong joriy mavsum La Ligada 12 ta uchrashuv o‘tkazib, ikkita gol urdi va bitta samarali uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar