
De Yong ham jarohat oldi
"Barselona" futbolchisi Frenki de Yong jarohat oldi. Yarim himoyachi "el-klasiko"dan keyin safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi. U 2 hafta maydonga tusha olmaydi.
De Yong Niderlandiya qaydnomamasidan joy olgandi, lekin endi u terma jamoaga yordam bera olmaydi. Ronald Kuman shogirdlarini oldinda Frantsiya va Gibraltarga qarshi o‘yinlar kutmoqda.
"Barsa" tarkibida yo‘qotishlar etarlicha. Frenkidan tashqari, Arauxo ham jarohat olgan. Dembele va Pedri ham hali to‘liq sog‘aymagan.
Fikrlar